Bukhara NewsBukhara News
  • Ўзбекистон
  • Бухоро
  • Жаҳон
  • Таълим
  • Сиёсат
  • Жиноят
  • Иқтисодиёт
  • Жамият
  • ЎзбекчаЎзбекча
    • РусскийРусский
  • Саломатлик
  • Фан ва техника
  • Сайт яратиш V.F.O
© 2023 bukhara-news.uz
Ўқиляпти: Aholini ro‘yxatga olish davrida bino va uy-joylar ro’yxatini tuzishda Registratorlar ishga jalb etiladi
Улашинг
Aa
Bukhara NewsBukhara News
Aa
  • Ўзбекистон
  • Бухоро
  • Жаҳон
  • Таълим
  • Сиёсат
  • Жиноят
  • Иқтисодиёт
  • Жамият
  • ЎзбекчаЎзбекча
  • Саломатлик
  • Фан ва техника
  • Сайт яратиш V.F.O
Ижтимоий тармоқ
Bukhara News > Бухоро > Aholini ro‘yxatga olish davrida bino va uy-joylar ro’yxatini tuzishda Registratorlar ishga jalb etiladi
Бухоро

Aholini ro‘yxatga olish davrida bino va uy-joylar ro’yxatini tuzishda Registratorlar ishga jalb etiladi

26.04.2022 40
2 Дақиқада ўқилади
Улашинг

Uy-joylar ro‘yxatini tuzuvchilar 2022-yil 1-avgustdan 1-sentabrgacha bo‘lgan davrda maxsus o‘qitiladi hamda bino va uy-joylar ro‘yxatini tuzish uchun jalb etiladi.Uy-joy ro‘yxatini tuzuvchilarni statistika organlari, uy-joy-kommunal xizmat ko‘rsatish tashkilotlari, kadastr idoralari va boshqa tegishli tashkilotlar xodimlari orasidan tanlab olish tuman va shahar hokimliklari tomonidan hududiy statistika organlari bilan birgalikda shartnoma asosida amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi hududi shartli ravishda uy-joy ro‘yxatini tuzish uchastkalariga bo‘linadi, bunda uchastka chegaralari o‘rtacha 750 ta yoki 1000 ta uy-joyni qamrab oladi.Registrator (uy-joy ro’yxatini tuzuvchi) – aholini ro’yxatga olishga tayyorgarlik ko’rish bosqichida, shahar va qishloq aholi punktlarida yashovchilar soni ko’rsatilgan uy xo’jaliklar ro’yxatlari va tayyorlangan kartografik materiallarni joyiga chiqqan holda o’rganib, aniqlik kiritish (aniq hududdagi uylarning haqiqatda mavjudligini tekshirish) uchun shartnoma asosida jalb etiladigan, maxsus o’quvdan o’tgan, muomala layoqatiga ega voyaga yetgan O’zbekiston Respublikasining fuqarolari hisoblanadi. Har bir uy-joy ro’yxatini tuzish uchastkalariga registratorlar biriktiriladi. Registratorlar faoliyatini tuman (shahar) ro’yxatga olish bo’limi boshlig’i nazorat qiladi. Registratorlar o’z uchastkasini xatlovdan o’tkazish davomida respondentlar yashaydigan yoki yashashi mumkin bo’lgan barcha binolar ro’yxatini aniqlaydi,kartografik materiallarni tekshiradi,ularga tegishli belgi qo’yadi va zarur hollarda o’zgartirishlar kiritish uchun kadastr idoralariga taqdim etadi. Uy-joylar ro‘yxatini tuzuvchilar sonini shakllantirishda ko‘zda tutilmagan holatlarni (betoblik, baxtsiz hodisalar, yuklatilgan vazifalarni to‘liq bajarmaslik va boshqalar) hisobga olgan holda asosiy tarkibga qo‘shimcha ravishda ish haqi to‘lanmagan holda 5 foiz miqdorida zaxira kadrlar shakllantiriladi. Har bir uy-joy ro‘yxatini tuzish uchastkalariga uy-joy ro‘yxatini tuzuvchilar biriktiriladi. Uy-joy ro‘yxatini tuzuvchilar faoliyatini tuman ro‘yxatga olish bo‘limi boshlig‘i nazorat qiladi.

Jondor tuman statistika bo‘limi boshlig‘i

K. Ismoilov

Шерзод Камалов 26.04.2022
Мақолани улашинг
Facebook Telegram Copy Link Print
Улашинг
Фикр билдириш Фикр билдириш

Фикр билдириш Javobni bekor qilish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Мақолга рейтинг тарзда хам бахо бериш шарт!

Сўнгги янгиликлар

Мўғулистондан 100 минг бош майда шохли мол олиб келинади
Бухоро
Бухорода сифати кафолатланмаган дори воситалари савдосига чек қўйилди
Бухоро
Вилоят прокуратураси бошчилигидаги ишчи гуруҳи томонидан қарор ижроси ўрганилмоқда
Бухоро
Бухорода матбуот ва оммавий ахборот воситалари ходимлари куни катта тантана билан нишонланди
Бухоро

Бизни кузатиб боринг

959 Like
12k Follow
4k Subscribe

Тавсия этамиз

Мўғулистондан 100 минг бош майда шохли мол олиб келинади

18.07.2025 26
Бухоро

Бухорода сифати кафолатланмаган дори воситалари савдосига чек қўйилди

11.07.2025 25
Бухоро

Вилоят прокуратураси бошчилигидаги ишчи гуруҳи томонидан қарор ижроси ўрганилмоқда

03.07.2025 248
Бухоро

Бухорода матбуот ва оммавий ахборот воситалари ходимлари куни катта тантана билан нишонланди

26.06.2025 59

«BUKHARA-NEWS.UZ» сайтида эълон қилинган материаллардан нусха кўчириш, тарқатиш ва бошқа шаклларда фойдаланиш фақат таҳририят ёзма розилиги билан амалга оширилиши мумкин.

Bukhara NewsBukhara News
Ижтимоий тармоқ

© 2022 bukhara-news.uz

  • Саломатлик
  • Фан ва техника
  • Сайт яратиш V.F.O

Removed from reading list

Undo
Welcome Back!

Sign in to your account

Lost your password?