Assalomu alaykum ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari. “Idina***” jargon so‘zi anchagina bahs-munozaralarga sabab bo‘lganligi bois yana ayrim ma’lumotlarni sizlar bilan bo‘lishishga qaror qildim. Xulosa chiqarish o‘zlaringizdan. Avvalo, bahsga sabab bo‘lgan holat bilan tanishaylik:
Bu javobgarlikka tortilishi kerak bo‘lgan fuqaroning tushuntirish xati.
E’tiborlaringizni qaratishingiz lozim bo‘lgan jihat shundaki, tortishuv ijtimoiy tarmoqlarda asossiz qayd qilinayotganidek, hech qanaqa hokim o‘rinbosari va uning xodimi o‘rtasida emas, balki kuyovning qaynonasi va akasi o‘rtasida bo‘lib o‘tmoqda.
Ikkinchidan, kuyovning akasi quda tomonga emas, balki javobgarlikka tortishni talab qilib ariza yozgan ayol yigitga qo‘ng‘iroq qilmoqda.
Uchinchidan, arizachi dastlab javobgarlikka tortilishini talab qilayotgan tomonni kurakda turmaydigan so‘zlar bilan so‘kmoqda.
Holatga kirib olgan bo‘lsak, endi “Idina***” so‘zining ma’nolari bo‘yicha internet tarmoqlarida berilgan izohlar bilan tanishamiz:
Тип и синтаксические свойства сочетания
и·ди на хуй
Устойчивое сочетание (фразеологизм). Используется в качестве глагольной группы.
Произношение
МФА: [ɪˈdʲi ˈna‿xʊɪ]
Duration: 2 секунды.0:02
Семантические свойства
Значение
1. Oткуда; с доп. и без доп.; обсц., груб. требование удалиться ◆ Найдя молодожёнов в кровати, отец рассмеялся и схватил жену Виктора за ногу. — Иди отсюда на хуй, старый мудак! — сказал Виктор. Эдуард Лимонов, «Молодой негодяй», 1985 г. [НКРЯ]
2. Oбсц., груб. выражение желания отделаться, избавиться от кого-либо ◆ [Эльвира, жен, 15] От меня тебе просто… Иди на хуй! [Игорь, муж, 15] А чё? Ссора подростков // Из коллекции НКРЯ, 2007 г. [НКРЯ] ◆ [Александр, муж] Капотня, что ли? [Евгения Серебрякова, жен] Иди на хуй, а? [Александр, муж] Да ну. Разговоры по телефону с неформалами // Из коллекции НКРЯ, 2008 г. [НКРЯ]
3. Oбсц., груб. выражение раздражения, неудовольствия чьими-либо словами, действиями, поведением и т. д. ◆ [Анастасия З., жен, 19] Иди на хуй / Тань / я уже знаю / что ты мне предложишь. Разговор двух девушек о выборе одежды // Из коллекции НКРЯ, 2008 г.
https://ru.wiktionary.org/wiki/%D0%B8%D0%B4%D0%B8_%D0%BD%D0%B0_%D1%85%D1%83%D0%B9Yuqoridagi holat 3 ta izohga ham tushadi.
1. Haqorat qiluvchidan uzoqlashishni qo‘pol tarzda ifodalash.
2. Kimdandir qutulish istagini qo‘pol tarzda ifodalash.
3. Birovning so‘zlari, xatti-harakatlaridan noroziligini, g‘azablanayotganini qo‘pol tarzda ifodalash.
Tinglovchi so‘zlovchining gaplaridan, aniqrog‘i, haqoratlaridan bezib ketib, uni tinglashni xohlamayotganligi, u bilan aloqani uzmoqchi ekanligi uchun “Idina***” deb so‘kinyapti, e’tibor beramiz, so‘kayotgani yo‘q,
so‘kinyapti.
So‘zlovchi tomonidan tinglovchiga nisbatan haqorat bo‘roni yog‘ilyapti, o‘rinsiz so‘zlar tilga olinyapti, me’yoriy munosabat u yoqda tursin, ayol kishi sha’niga nomunosib jumlalar qalashtirib tashlanyabdi. Obrazli qilib aytganda, so‘zlovchi koptokni nihoyatda qattiq zarb bilan tepyapti-da, uning aks zarbasini inobatga olmayapti. Endi, insoniylik nuqtayi nazardan mulohaza yuritaylik-chi, bu zarba so‘zlovchi tomonidan berilyaptimi yoki tinglovchi tomonidan?
Mana shu jihatlar inobatga olinib википедияda quyidagi izoh berilmoqda:
Иди на хуй Мат (матерщина, матерный язык) — разновидность ненормативной лексики в русском и других славянских языках. Согласно кодексу об административных правонарушениях Российской Федерации, публичное употребление мата может расцениваться как мелкое хулиганство (статья 20.1[1]). Rossiya qonunchiligida ham mazkur soʻz jamoa joyida qoʻllansa, mayda bezorilik sifatida malakalanishi mumkin deyilmoqda. “Mumkin” soʻziga e’tibor bering.
Ya’ni tinglovchi bunday holatda birovni so‘kayotgani uchun emas, balki jamoa joyida me’yordan tashqari so‘zlar bilan so‘kinayotganligi uchun ayblanishi lozim.
Ijtimoiy tarmoqlardagi e’tirozlardan yana biri jargon so‘zning lug‘aviy ma’nosi bilan bog‘liq. Ijtimoiy tarmoqda yozilyapti: “Sudya hech qachon “Idina***” degan so‘zni eshitmagani sababli lingvistik ekspertiza tayinlatadi”.
Ey zamondoshim, siz bilgan so‘zning lug‘aviy ma’nosini shu sohada faoliyat yuritayotgan, shu sohaning nonini yeyayotgan mutaxassis nahotki bilmaydi, deb o‘ylaysiz? Xalqimizda: “O‘zingni er bilsang, o‘zgani sher bil” degan maqol bekorga aytilmagan. Biz shu xalqning farzandlarimiz.
Yo‘q, juda yaxshi biladi va sudya siz bilmaydigan, aniqrog‘i, bilishni ham xohlamayotgan boshqa bir jihatni ham obdon biladi. Ya’ni matnda so‘z o‘zining lug‘aviy ma’nosidan tashqari boshqa qirralari bilan ham namoyon bo‘ladi. Obrazli qilib aytganda, yetti pushtdan keyin qarindoshlik rishtalari uzilgani misol uzoq muddat iste’molda bo‘lgan so‘zda ma’no kengayishi yuz beradi (блядь, иди *** va h.k.), lug‘aviy ma’nodan uzoqlashish voqelanadi (jalab) va h.k.
Mana shu uchun ham lingvistik ekspertiza tayinlanadi. Endi bir mulohaza yuritaylik-chi. Agar har bir holatda so‘zning faqatgina lug‘aviy ma’nosi inobatga olinadigan bo‘lsa (men lug‘aviy mazmunni inkor etmayman, lekin ba’zan u birinchi planda turmaydi), lingvistik ekspertiza tayinlash holati nima uchun qonunchilikka kiritilgan?
Ey zamindoshim, so‘zning biz bilmaydigan juda ko‘p qirralari bor, inson qanchalik turfa bo‘lsa, so‘z ham shu qadar serqirra.
“O‘tkan kunlar” romanidagi Otabekning kuchli ruhiy holatidagi nutqini ko‘zdan kechiraylik:
– Zaharni kim beradi?
Bildim, bildim! – dedi bechora Otabek. – Zaynab, Zaynab, Zaynab… Jalab! Yuboring, yuboring, darrov yuboring…
– Ket, jalab, ket! Taloqsan, taloq! («O‘tkan kunlar», 372–373-betlar).
Xo‘sh, bunda ham Otabekni ayblaymizmi?
Bu nutq orqali Otabekning yana bir xislati ochiladi, boshiga o‘g‘ir kun tushgan mahalda ham unga shu kunlarni ravo ko‘rgan Zaynabga bir og‘iz bo‘lsa-da nojo‘ya gapirmaydi, u ham inson, ruhiy iskanjaga tushib o‘ta azoblanganda, qo‘pol so‘zlar bilan ayolini haqorat qilishi, og‘ziga kelgan gaplar bilan uni chilparchin qilishi mumkin edi, Zaynabni jahl ustida o‘ldirib qo‘yishi ham hech gap emas edi… Lekin oila ijtimoiy muhiti, undagi tarbiya Otabekni tizginlaydi.
Ko‘pchilik kitobxonlar Otabek Zaynabni “jalab” deb so‘kkan-ku, deya e’tiroz bildirishi mumkin. Din nuqtayi nazardan yondashiladigan bo‘lsa, er ayolini taloq qilsa-yu, keyin pushaymon bo‘lib, uni qayta xotinlikka olish niyati tug‘ilsa, ma’lum bir shartlar asosida bu ijro bo‘lishi mumkin. Lekin erkak ayolini “jalab” deb atasa, undan so‘ng uni qaytib xotinlikka olish uchun hech qanday yo‘l qolmaydi. Ya’ni “jalab” so‘zi islomda xotinga taloq qo‘yishning kulminatsion nuqtasi sanaladi. A.Qodiriy madrasada ta’lim olganligi uchun dinimizdagi bu jihatlarni ham chuqur bilgan. Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, asarda Otabek tilidan aytilgan “jalab” so‘zi haqorat bo‘lmay, balki xotinga taloq qo‘yishning oxirgi nuqtasi sanaladi. Ya’ni Otabek Zaynabni tamoman o‘z hayotidan o‘chirganligini, Zaynabning ortga qaytishiga hech qanday yo‘l qoldirmaganligini bildirish maqsadida aynan shu so‘zni qo‘llagan.
– Endi ayting-chi, shu o‘rinda so‘zni matndan uzib olib tahlil qilish mumkinmi?
– Yo‘q.
– Unda nima uchun meni majbur qilyapsiz shunday yo‘l tutishga?
Ey zamindoshim, ey zamondoshim, har bir inson qalbi muqaddas, chunki u oliy xilqat. Uning qalbi bilan hazillashmang, Aflotun ta’biri bilan aytganda: “O‘taketgan johillik u darajada dahshatli ayb emas, katta yovuzlik ham emas. Noto‘g‘ri yo‘naltirilgan bilimdonlik va boylik unga nisbatan xavfliroq va jazoga loyiqdir”.
Inson qalbi bilan hazillashmang Siz,
Unda millat yashar, unda til yashar.
Unda ajdod faxri yashaydi so‘zsiz,
Unda istiqomat qiladi bashar.
Inson qalbi bilan hazillashmang Siz,
Unda ona yashar, yashaydi Vatan.
Uni jo‘n narsa deb o‘ylamang hargiz,
Hayhot! Qo‘zg‘almasin bu Qalb daf’atan!!!
B. Jo‘rayeva, Davlat tilida ish yuritish asoslarini
o‘qitish va malaka oshirish markazi Buxoro
viloyati hududiy bo‘linmasi rahbari