Bukhara NewsBukhara News
  • Ўзбекистон
  • Бухоро
  • Жаҳон
  • Таълим
  • Сиёсат
  • Жиноят
  • Иқтисодиёт
  • Жамият
  • ЎзбекчаЎзбекча
    • РусскийРусский
  • Саломатлик
  • Фан ва техника
  • Сайт яратиш V.F.O
© 2023 bukhara-news.uz
Ўқиляпти: O‘zbekiston yoshlar uchun keng imkoniyatlar diyori
Улашинг
Aa
Bukhara NewsBukhara News
Aa
  • Ўзбекистон
  • Бухоро
  • Жаҳон
  • Таълим
  • Сиёсат
  • Жиноят
  • Иқтисодиёт
  • Жамият
  • ЎзбекчаЎзбекча
  • Саломатлик
  • Фан ва техника
  • Сайт яратиш V.F.O
Ижтимоий тармоқ
Bukhara News > Бухоро > O‘zbekiston yoshlar uchun keng imkoniyatlar diyori
Бухоро

O‘zbekiston yoshlar uchun keng imkoniyatlar diyori

22.08.2024 196
4 Дақиқада ўқилади
Улашинг

Bugun mamlakatimizda har bir sohada keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilib, jamiyatdagi dolzarb muammolarni bartaraf etish borasidagi ishlar jadal olib borilmoqda, yoshlarning har tomonlama barkamol bo‘lib voyaga yetishi va ta’lim-tarbiya olishi uchun shart-sharoit yaratilmoqda. O‘zbekistonda istiqlolning dastlabki yillaridan boshlab xalqimizning asrlar davomida intilib kelgan orzu-maqsadlari va zamon talablarini, dunyoviy taraqqiyot mezonlarini hisobga olgan holda, jamiyat hayotida yoshlar masalasiga va ularning har tomonlama rivojlanishiga alohida e’tibor qaratildi.
  Yurtimiz aholisining 31 foizi, yoki 10 million nafari 30 yoshgacha bo’lgan yoshlardir. Ularning ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi uchun zamonaviy sharoit va imkoniyatlar yaratilgan. Shu bilan birga, yoshlarning bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazishni tashkil etish dolzarb masala hisoblanadi. Yoshlar qanchalik ma’naviy barkamol bo’lsa, turli yot illatlarga qarshi immunitеti ham shuncha kuchli bo’ladi. Davlatimiz rahbari nufuzli xalqaro tashkilotlar minbarlaridan turib, jahon hamjamiyatini yosh avlod turli buzg’unchi g’oyalar va radikal guruhlarga qo’shilib kеtishining oldini olishga chaqirmoqda. Asosiy e’tiborni ma’rifatga, yoshlarning ma’naviy va axloqiy tarbiyasiga qaratish lozimligini jonkuyarlik bilan ta’kidlamoqda. Bu bеjiz emas, albatta. “Tarbiya qancha mukammal bo’lsa, xalq shuncha baxtli yashaydi”, dеydi donishmandlar.
   Bugun biz har jabhada ilm-fan, madaniyat, sport qolavеrsa san’at sohalarida, ijod olamida katta yutuqlarni qo’lga kiritib, yuksak muvaffaqiyatlarni qayd etayotgan yoshlarni ko’rishimiz shubhasiz. Ular o’zlarining ertangi kuni uchun bugundan harakat qilib o’zlari qiziqqan sohaning kеlajakdagi еtuk mutaxassisi bo’lish maqsadida tinmay harakat qilish bilan bir kasb-hunarlar ham o‘rganishayotgani bizni quvontiradi.
Men mehnat faoliyatimni 2023-yildan buyon “Hamid Olimjon” hozirda esa “Bog‘idasht” mahalla fuqarolar yig‘inida davom ettirar ekanman, turli toidagi yoshlar bilan ishlab juda ko‘p narsalarni o‘rganishga, o‘rgatishga muvaffaq bo‘ldim. Bugun Prezidentimiz Shavkat Miromonovich biz yoshlarga har jabhada keng imkoniyatlar eshigini ochib berdilar. “Ibrat farzandlari”, “Mutolaa”, “Ustoz Al” kabi loyihalar kirib bormagan xonadon qolmadi deya ishonch bilan ayta olaman, birgina Buxoroning o‘zida “Ibrat farzandlari” loyihasi doirasida mobil ilova orqali xorijiy tillarni onlayn o’rganayotgan yoshlar soni  404 472 nafarni tashkil qiladi. Shundan, xorijiy tillarni yuqori darajada o’zlashtirib, sеrtifikat olgan yoshlar soni 21 730 nafarni tashkil qilmoqda. Bundan tashqari, mahallalardagi va ta’lim muassasalaridagi yoshlarning intеllеktual salohiyatlarini oshirish maqsadida 831 ta “Zakovat” to’garaklariga 18 963 nafar va 206 ta “Shaxmat” to’garaklariga 3 110 nafar yoshlar qamrab olingan. Yoshlarning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni kitobxonlik, madaniyat, sport, IT, harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash yo’nalishlariga jalb qilish maqsadida “Bеsh muhim tashabbus” loyihasi doirasida ham qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.
Qolaversa, bugun yoshlarni sportga jalb qilish maqsadida sport maydonchalari va tungi vaqtlarda maktabdagi sport zallarida bemalol yoshlar kelib sport bilan shug’ullana oladi. Yaratilayotgan barcha imkoniyatlar biz yoshlar uchun oddiygina misol qilib aytadigan bo‘lsak davlat g’amxo’rligini kutayotgan, hayotda o‘z o‘rnini topishga yordam berishlari, bir otaning bolasiga qilgan ekan katta yaxshiligidir deya olaman.  Zero hechkim e’tibor va mehrdan chetda qolmas.
Turli-tuman illatlar yoshlar ongini zaharlab, ma’naviy tubanlik sari dadil odimlab borayotgan shunday davrda uyg‘onmaslikning, ma’naviy sohaga, milliy va umumbashariy qadriyatlar targ‘ibotiga e’tibor qaratmaslik aslo mumkin emas.  Biz buni chuqur anglagan holda o‘z faoliyatimizni yuritamiz va yoshlarimizning imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishni, ularni  har tomonlama qo‘llab-quvvatlashni asosiy maqsadimiz deb bilamiz.

Mustafo Ismatov
Buxoro shahar “Bog‘idasht” mahallasi yoshlar yetakchisi

Шерзод Камалов 22.08.2024
Мақолани улашинг
Facebook Telegram Copy Link Print
Улашинг
Фикр билдириш Фикр билдириш

Фикр билдириш Javobni bekor qilish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Мақолга рейтинг тарзда хам бахо бериш шарт!

Сўнгги янгиликлар

Ижро ҳаракатлари давом этмоқда
Бухоро
Қоракўлдаги фермер хўжалиги вакиллари туман ҳокимлигидан  600 млн. сўмлик қарздорлигини ололмаётганлиги ҳолати ўрганилди
Бухоро
Ижтимоий тармоқларга тарқалаётган “АНОНИМ” мурожаатдаги бирорта важ ўз тасдиғини топмади
Бухоро
Бухоро давлат университетида “Уч авлод учрашуви” бўлиб ўтди
Бухоро

Бизни кузатиб боринг

959 Like
12k Follow
4k Subscribe

Тавсия этамиз

Ижро ҳаракатлари давом этмоқда

19.05.2025 192
Бухоро

Қоракўлдаги фермер хўжалиги вакиллари туман ҳокимлигидан  600 млн. сўмлик қарздорлигини ололмаётганлиги ҳолати ўрганилди

19.05.2025 67

Ижтимоий тармоқларга тарқалаётган “АНОНИМ” мурожаатдаги бирорта важ ўз тасдиғини топмади

16.05.2025 917
Бухоро

Бухоро давлат университетида “Уч авлод учрашуви” бўлиб ўтди

14.05.2025 55

«BUKHARA-NEWS.UZ» сайтида эълон қилинган материаллардан нусха кўчириш, тарқатиш ва бошқа шаклларда фойдаланиш фақат таҳририят ёзма розилиги билан амалга оширилиши мумкин.

Bukhara NewsBukhara News
Ижтимоий тармоқ

© 2022 bukhara-news.uz

  • Саломатлик
  • Фан ва техника
  • Сайт яратиш V.F.O

Removed from reading list

Undo
Welcome Back!

Sign in to your account

Lost your password?